Britaniyalik general shampan ichgani uchun Afgʻonistondan chiqarib yuborildi
Britaniya generali, Britaniya imperiyasi ordeni sohibi Charli Gerbert Afgʻonistondan spirtli ichimliklar mojarosi tufayli vataniga qaytarildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Qayd
etilishicha, Gerbert bir necha yil davomida Afgʻonistonda “Tolibon” harakati hokimiyat
tepasiga kelganida hokimiyatdan agʻdarilgan prezident Ashraf Gʻani davridagi
amaldorlarga murabbiylik qilgan.
Nashr maʻʻlumotlariga
koʻra, Gerbert oʻz ustidan tushgan shikoyat tufayli ushbu musulmon mamlakatidagi
xizmatini uch oy erta yakunlagan. Generalning xatti-harakatidan norozi
boʻlgan shaxsning ismi oshkor etilmagan. Shikoyatchi Gerbertning bir qancha nomaqbul xatti-harakatlari haqida xabar berdi.
Aytilishicha, erkak hamkasblarini soʻkkan, Britaniya
elchixonasida ziyofat uyushtirgan va afgʻon hamkasblari bilan ochiqchasiga spirtli
ichimlik ichgan. Biroq, tergov natijalariga koʻra, faqat bitta epizod - ish joyida
hamkasblari bilan bir shisha shampan ichish holati isbotlangan.