Britaniya tayyorgarligidan oʻtgan afgʻon elita “spetsnazi” askarlari vatanlariga deportatsiya qilinishi mumkin
Britaniya instruktorlari tomonidan tayyorlangan va hozirda Pokistonda boshpana olayotgan CF333 afgʻon elita maxsus kuchlari aʻʻzolari London Buyuk Britaniyaga kirishga ruxsat bermagani sababli Afgʻonistonga deportatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda TASS BBC`ga tayanib xabar qildi.
Buyuk
Britaniyaning ushbu “spetsnazchi”larni qabul qilishdan bosh tortishi “sharmandalik,
[Britaniyaning] millat sifatida ikkiyuzlamachiligi yoki layoqatsizligining aksidir”,
dedi Afgʻonistonda 12 yil xizmat qilgan Buyuk Britaniya Birlashgan kuchlarining
sobiq qoʻmondoni Richard Berrons. "Bu xiyonat va ushbu xiyonatning badali biz
bilan birga xizmat qilgan, oʻladigan yoki umrini qamoqda oʻtkazadigan odamlar
boʻladi", - dedi Berrons.
2021
yilda sobiq bosh vazir Boris Jonson Britaniya parlamentida ushbu afgʻon maxsus
kuchlarining xizmati “aql bovar qilmaydigan darajada muhim” ekanini aytib, Buyuk
Britaniya “ularning xavfsiz chiqib ketishini taʻʻminlash uchun barcha zarur choralarni
koʻrishini” taʻʻkidlagandi.
Pokistonda
1 noyabrdan buyon vizasiz va hujjatsiz xorijliklarni vatanlariga chiqarib yuborish
kampaniyasi olib borilmoqda. Hozirgacha Pokistondan kamida 374 ming qochqin Afgʻonistonga
qaytgan.
Pokiston
muvaqqat hukumatiga koʻra, soʻnggi qirq yil ichida Jeneva konventsiyasi asosida
mamlakatga Afgʻonistondan 4 milliondan ortiq qochqin kelgan, ulardan 1,7 millioni
yashash hujjatlariga ega emas va deportatsiya qilinishi kerak.