18.02.2025 11:06
Britaniya "Tolibon"ga qarshi urushgan afgʻonlarga boshpana berishdan bosh tortdi
Britaniya hukumati inglizlar bilan birga "Tolibon"ga qarshi kurashgan minglab sobiq afgʻon askarlariga siyosiy boshpana berishdan bosh tortdi. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.
Britaniya mudofaa vaziri avval bunday siyosat mavjudligini inkor etgan boʻlsa-da, hozirda afgʻon harbiylariga boshpana berilmayotganini tasdiqlagan.
Gap shundaki, 2021 yilda "Tolibon"ga qarshi Britaniya moliyalashtirgan va tayyorlagan afgʻon batalьonlari Afgʻoniston muvaqqat hukumati tomonidan jazolanishidan qoʻrqishmoqda.
Sobiq afgʻon batalьonining bir aъzosi BBC bilan suhbatda oʻzini inglizlar vaqtida foydalanib, endi otib yuborilgan keraksiz matohdek his qilayotganini aytib oʻtgan.
Sobiq britaniyalik harbiy ofitser Mayk Martinning fikricha, boshpana berishdan bosh tortish Britaniya harbiylarining Afgʻonistondagi urush jinoyatlari tergovi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.