Britaniya harbiylarga soqol qoʻyish taqiqini bekor qildi
Britaniya hukumati bir necha oylik oʻrganishlardan soʻng harbiy xizmatchilarga soqol qoʻyishni taqiqlovchi tartibni “eskirgan” deb topdi. Oʻtkazilgan soʻrovlarda 54 foiz erkaklar soqol yoki moʻylov qoʻyishni afzal koʻrishi aniqlangan. Ushbu qarordan soʻng Britaniya armiyasida xizmat qilishni xohlovchi yoshlar soni ortishi kutilmoqda.
Britaniya
hukumati harbiy xizmatga yollanish va armiya muammolarini hisobga olib, askarlarga
soqol va moʻylov oʻstirishga qoʻyilgan taqiqlovchi tartibni bekor qilishga qaror
qildi.
Mamlakat
mudofaa vaziri Grant Shapps qaror soʻrov natijalariga koʻra qabul qilinganini
aytdi va 54 foiz erkaklar soqol yoki moʻylov qoʻyishni afzal koʻrishini taʻʻkidladi.
Shappsning
tushuntirishicha, ayni paytda harbiy xizmatga yollash muhim ustuvor yoʻnalish boʻlib,
shu sababli soqolni taqiqlash boʻyicha eskirgan qaror qayta koʻrib chiqilgan.
"Bugun qoidalarga
sezilarli oʻzgarishlar kiritildi",
dedi u.
Armiya vakilining
BBC ga aytishicha, taqiq
bir necha oylik oʻrganishlardan
soʻng bekor qilingan. Shuningdek, u taqiq olib tashlanganidan soʻng armiyaga
boradigan yoshlar soni ortishi kutilayotganini taʻʻkidladi.
Yangi
tartibga koʻra, quruqlikdagi
qoʻshinlarda xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga soqolini 2,5 sm gacha oʻstirishga
ruxsat beriladi. Askarning boʻyin va yonoqlari qirilgan boʻlishi, soqolining
uzunligi esa bir xilda, tartibli boʻlishi hamda boʻyalmasligi kerak.