15.03.2024 07:44

BP va BAA kompaniyasi Isroil bilan gaz kelishuvini toʻxtatdi

BP va BAAning ADNOC kompaniyasi “mintaqaviy noaniqlik” tufayli Isroildagi Partnership energetika kompaniyasining 50 foiz ulushini sotib olish boʻyicha muzokaralarni toʻxtatdi. Bitim qiymati 2 mlrd dollarni tashkil etishi kerak edi.

BP va Abu-Dabi milliy neftʻ kompaniyasi (ADNOC) Isroilning NewMed Energy Limited Partnership energetika kompaniyasining 50 foiz ulushini sotib olish boʻyicha muzokaralarni "mintaqaviy noaniqlik" tufayli toʻxtatdi. Bu haqda NewMed Energy Limited Partnership kompaniyasining press-relizida aytiladi.

Bitim summasi 2 milliard dollarni tashkil qilishi kerak edi.

“Muzokaralar qayta boshlanmaguncha yoki toʻliq tugatilgunga qadar jarayon toʻxtatiladi”, — deyiladi bayonotda.

Kompaniya "muzokaralarni davom ettirish va kelajakda shartnoma tuzishga ishonch" yoʻqligini koʻrsatdi.

BP va ADNOC 2023 yil mart oyida Isroil tomoniga oʻz takliflarini eʻʻlon qilgan edi.

NevMed Isroilning eng yirik gaz konida - Leviafanda 45 foiz, Afrodita konida esa 30 foiz ulushga ega. 

Mavzuga aloqador