02.10.2025 12:07
167

Bosqinchi isroilning barcha diplomatlari Kolumbiyadan chiqarib yuborildi



Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro gumanitar missiya bilan Gʻazoga yoʻl olgan "Global Sumud" flotiliyasi kemalaridagi ikki kolumbiyalik ayolning sionist kuchlari tomonidan hibsga olinishi ortidan mamlakatdan barcha isroillik diplomatlarni chiqarib yubordi.

Petro tinchlik missiyasi aъzolarining hibsga olinishi “xalqaro huquq va Jeneva konventsiyalarining buzilishi” ekanini aytib, isroildan fuqarolarini “zudlik bilan ozod qilish”ni talab qilgan.

Oldinroq, Kolumbiya prezidenti BMT minbarida turib genotsidga rozi boʻlmaydigan davlatlar kuchli armiya tuzishi kerakligini, Gʻazodagi qirgʻinni toʻxtatishga diplomatiyaning kuchi etmayotganini taъkidlagandi.

Mavzuga aloqador