24.07.2025 17:14
181
Bosqinchi isroil HAMASning oʻt ochish boʻyicha taklifini maъqullagani aytilmoqda
isroil rasmiysi HAMASning oʻt ochishni toʻxtatish taklifini maъqulladi, deb xabar bermoqda Arab News.
Yahudiy davlati ushbu taklifni qabul qilgan-qilmaganini aniq aytmagan va qoʻshimcha tafsilotlarni ochiqlamagan. HAMAS esa 24 iyulь kuni erta tongda bergan bayonotida oʻt ochishni toʻxtatish taklifini vositachilarga yuborganini tasdiqlagan.
isroilning bu qarorga kelishiga uning dunyo hamjamiyati tomonidan Gʻazoda ochlik keltirib chiqarishda ayblanayotgani sabab boʻlgan. Xususan, soʻnggi kunlarda dunyoning 100 dan ortiq xayriya va huquqni himoya qilish tashkilotlari isroilning blokadasi va davom etayotgan harbiy hujumi Gʻazo sektorini ocharchilik sari etaklayotganini daъvo qilayotgandi.