20.08.2025 17:16
32
Bosqinchi isroil Gʻazoga hujum qilish uchun yuz mingdan ortiq askarini jalb qilmoqchi
isroil mudofaa vaziri Israelь Kats Gʻazo shahriga hujum rejasini maъqulladi. "Gideon aravalari" deb nomlangan operatsiyani oʻtkazish uchun yana 60 mingga yaqin zaxiradagi askar jalb qilinishi kutilmoqda. TsAXALning xabar berishicha, 20 avgust kuni ertalab "rezervchilarni chaqirish boʻyicha buyruq berilgan".
Times of Israel nashrining yozishicha, chaqiruv bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ularning aksariyati – taxminan 40−50 ming nafari – 2 sentyabrь kuni xizmatga kelishi kerak. Chaqiruvlarning navbatdagi toʻlqini noyabrь-dekabrь oylarida, uchinchisi esa 2026 yilning fevralь-mart oylarida boʻlib oʻtadi.
TsAXAL, shuningdek, hozirda xizmat qilayotgan 20 mingga yaqin zaxiradagi harbiy xizmatchi uchun rezerv xizmat muddatini yana 30−40 kunga uzaytirayotganini maъlum qildi. Bu hujum paytida bir vaqtning oʻzida xizmat qilayotgan zaxiradagi harbiylarning umumiy sonini taxminan 130 000 nafarga etkazadi.