21.02.2025 15:26

Bosqinchi isroil Gʻarbiy Sohilda qirgʻin uyushtirmoqchi

Bosqinchi isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu Telь-Avivning Bat-Yam shahrida avtobuslar portlashi ortidan terror armiyasiga Gʻarbiy Sohilda keng koʻlamli "harbiy operatsiya" boshlashni buyurdi. Bu haqda uning idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanьyaxu mamlakat shaharlarida yangi hujumlarning oldini olish uchun "profilaktik choralar kuchaytirilayotgani"ni bildirgan. Bu qaror mudofaa vaziri Isroil Kats, isroil armiyasining bosh shtabi rahbari general-leytenant Xertsi Xa-Levi, xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Bar va Isroil politsiyasi komissari Danielь Levi ishtirokidagi uchrashuvdan soʻng qabul qilingan.

Kecha, 20 fevralь kuni Telь-Avivning janubida joylashgan Bat-Yam shahrida bir nechta avtobus portlagan edi. Isroil politsiyasi voqea oqibatida jabrlanganlar yoʻqligini, gumonlanuvchilar qidirilayotganini xabar qilgan.

Mavzuga aloqador