01.10.2025 07:05
993

Bosqinchi isroil AQSh segmentida oʻzining ijobiy imijini yaratish uchun 6 mln dollarlik loyihasini boshladi



Sionist hukumat AQShdagi Z avlodi orasida oʻzining ijobiy imijini shakllantirish va ChatGPT kabi sunъiy intellekt modellariga taъsir oʻtkazish maqsadida Amerikaning Clock Tower X LLC firmasi bilan 6 million dollarlik shartnoma imzoladi (https://responsiblestatecraft.org/israel-chatgpt/).

Unga koʻra, kompaniya TikTok, Instagram va YouTube kabi platformalar uchun Z avlodiga moʻljallangan kontent ishlab chiqaradi. Bu kontent oyiga kamida 50 million marta koʻrilishi kerak. Bundan tashqari, firma MarketBrew sunъiy intellekt platformasi orqali Google va Bing qidiruv tizimlarida bosqinchi isroil propagandasi boʻlgan materiallarni yuqori oʻrinlarga olib chiqish bilan ham shugʻullanadi.

Loyihaga AQSh prezidenti Donalьd Trampning maslahatchisi va 2016 yilgi saylov kampaniyasi rahbarlaridan biri boʻlgan Bred Parskeyl boshchilik qilmoqda.

Mavzuga aloqador