Bosh qoʻmondon: Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 100 ta aholi manzilini nazoratiga oldi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ayni paytda Rossiyaning Kursk viloyatida 1294 kv km maydon hamda 100 ta aholi manzili nazorat ostiga olinganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, 594 nafar rus askari asirga tushgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatida 1294 kv km maydonni nazorati ostiga oldi. Bu haqda Ukraina
Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy maʻʻlum qildi, deya xabar beradi
Ukraina ommaviy axborot vositalari.
“Bugun biz 1294 kvadrat kilometr hududni nazorat ostiga
oldik – bu 100 ta aholi punkti”, — dedi Sirskiy davlat muassasalari rahbarlari
forumida.
Unga koʻra, bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlarining 594
nafar harbiy xizmatchisi Kursk yoʻnalishida asirga olingan.
Sirskiyning qoʻshimcha qilishicha, Kursk yoʻnalishiga 30 mingga
yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar joylashtirilgan.
Uning taʻʻkidlashicha, Rossiya tomoni boshqa yoʻnalishlardan
boʻlinmalarni olib chiqishga harakat qilmoqda, ammo Pokrovskiy yoʻnalishida,
aksincha, saʻʻy-harakatlarini oshirmoqda.
Kursk viloyatidagi vaziyat
Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatining chegara hududlarida
vaziyat 6 avgust kuni ertalab, Ukraina armiyasi mintaqada operatsiya oʻtkaza
boshlaganidan soʻng keskinlashishni
boshlandi. Chegara hududlarida Rossiya va Ukraina qoʻshinlari oʻrtasida
shiddatli janglar davom etmoqda, aholi punktlarida uchuvchisiz uchoqlarning keng koʻlamli hujumlari qayd
etilmoqda, vaqti-vaqti bilan raketa haqida ogohlantirish signallari eshitilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Ukraina
Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga bostirib kirganidan soʻng janglar asosan
viloyatning Korenevskiy va Sudjanskiy, qisman Belovskiy va Lgovskiy tumanlarida
davom etgan.
Mintaqadagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tan
olingan.
Bundan tashqari, vaziyatning keskinlashuvi fonida Rossiyaning uchta hududi -
Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlariga taʻʻsir koʻrsatgan aksilterror operatsiyasi rejimi
joriy etildi.
Ayni paytda, bir qator viloyatlarda tinch aholini evakuatsiya
qilish davom etmoqda.
12 avgust kuni Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov
Vladimir Putinga evakuatsiya qilinishi kerak boʻlgan 180 ming kishidan 121 ming kishi
allaqachon hududni tark etganini maʻʻlum qildi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, Kursk
viloyatining chegara hududlarini 133 ming kishi tark etgan. 21 avgust holatiga
koʻra, 31 kishi halok boʻlgani, 143 kishi jarohatlangani tasdiqlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina qurolli kuchlarining
Kursk viloyatidagi harakatlarini “yana bir keng koʻlamli provokatsiya” deb atadi.