Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga vaʻʻda qilingan 1 million snaryadni etkazib berolmaydi. Bu haqda Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Jozef Borrelʻ maʻʻlum qildi, deb yozmoqda TASS.

“Ukrainada urush boshlanganida bajara olamizmi-yoʻqmi, bilmay turib Ukrainaga 1 million snaryad etkazishga vaʻʻda berdik. Keyin esa qila olmasligimiz maʻʻlum boʻldi. Biz bu vazifani bajara olmadik”, - dedi Jozef Borrelʻ.

Uning taʻʻkidlashicha, Evroittifoq oʻq-dorilar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan, ammo ular armiyamiz zaxirasini toʻldirishga hali etmaydi.

“Biz Ukrainaga potentsial mojarolarni engish va birinchi navbatda kelajak texnologiyalar yordamida ertangi kunga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻlgan barcha yordamni taqdim eta olishdan yiroqmiz”, - deya tan oldi Evropa tashqi siyosat mahkamasi rahbari.

“Yoʻq, biz urush yoʻlida emasmiz, chunki biz urushda emasmiz va jang qilishni ham xohlamaymiz. Lekin biz yashayotgan geosiyosiy vaziyatdan hali etarlicha xabardor emasmiz. Va Dragi (Italiyaning sobiq bosh vaziri, Evropa Markaziy banki sobiq rahbari Mario Dragi nazarda tutilmoqda – Azon Global) hozirgina oʻz hisobotida geosiyosiy kontekst juda xavfli boʻlib borayotgan bir paytda, bizda juda muhim texnologik boʻshliq borligini aytdi”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Oʻtgan hafta Italiyaning sobiq bosh vaziri va Evropa Markaziy bankining sobiq rahbari Mario Dragi Evropa Ittifoqi raqobatbardoshligining kelajagi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unda taʻʻkidlanishicha, agar hech narsa oʻzgarmasa, Evropa Ittifoqi asta-sekin oʻlim azobiga duch keladi. U agar EI AQSh va Xitoy bilan hamnafas boʻlishni istasa, yiliga 800 milliard evrogacha qoʻshimcha sarmoya kerak boʻlishini qayd etdi. Bu - Evropa Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanish uchun kiritgan sarmoyasidan ikki baravar koʻp.

"Biz allaqachon Evropada iqtisodiy oʻsish sekinlashayotganini aytmoqganmiz, lekin eʻʻtiborsiz qoldirildik, - dedi Dragi. - Endi bunga eʻʻtibor bermay ilojimiz yoʻq. Jahon savdosi sekinlashmoqda, Xitoy kuchli sekinlashmoqda, lekin u biz uchun kamroq ochiq boʻlib qoldi va jahon bozorlarida biz bilan barcha koʻrsatkichlar boʻyicha raqobatlashmoqda. Biz arzon energiyaning asosiy etkazib beruvchimiz - Rossiyani yoʻqotdik. Endi esa Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri birinchi marta mudofaaga sarmoya kiritishimiz kerak boʻlmoqda”.

Mavzuga aloqador