Bombalar ostidagi Gʻazo: 122‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 122 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil
tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 122 kun boʻldi. Oʻtgan kunning
asosiy voqealari dayjesti.
▪ 24 soat davomida Isroil bosqinchilari tomonidan 14 ta ommaviy qotillik
uyushtirilib, ular natijasida 127 kishi halok boʻldi, 178 kishi jarohatlandi.
▪ Urush boshlanganidan buyon 27365 falastinlik hayotdan koʻz yumdi,
66630 nafari yaralandi.
▪ Shifa
kasalxonasi hududida shifokorlar, bemorlar va koʻchirilganlar bosqinchilar qamalida qolmoqda. Oxirgi 2
kun ichida ishgʻolchi snayperlar shifoxona yaqinida 7 kishini oʻldirgan.
▪ Husiylar
Amerika-Britaniya kuchlari
Hodaida va Saadaga 11
marta reyd uyushtirganini
maʻʻlum qildi.
▪ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Nablus, Xevron, Jenin, Ramallah, Tulkarmga bostirib kirdi,
11 nafar falastinlik hibsga olindi.
▪ Falastinlik
mahbuslar klubi: ishgʻolchi kuchlar Gʻarbiy Sohilda 14 nafar falastinlikni hibsga
oldi, natijada 7 oktyabrdan buyon hibsga olinganlar soni 6512 kishiga etdi.
▪ Evropa
Ittifoqi departamenti rahbari Xosep Borpel
UNRWA moliyalashtirishni toʻxtatish falastinliklarni jamoaviy jazolash ekanini maʻʻlum qildi.