Bombalar ostidagi Gʻazo: 105-kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorini bombardimon qilish boshlanganiga 105 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪ Bosqinchilar
Gʻazo shimolida Shifa kasalxonasi va Xon Yunis Nosir kasalxonasi atrofida hujumlar
uyushtirdi. Oxirgi 24 soat ichida bosqinchilar 15 marta qirgʻin qildi, 172 gʻazolik qurbon
boʻldi.
▪ 7
oktyabrdan buyon Isroilning Gʻazoga hujumlari natijasida eng kamid 24620
falastinlik halok boʻldi, 61830 nafari jarohatlandi.
▪ Gʻazo
janubidagi janglarda bir nafar Isroil harbiysi - Givati brigadasining 20 yoshli
serjanti halok boʻlgani, yana uch nafari jarohatlangani ortidan Falastin hududida
quruqlikdagi amaliyotlar davomida oʻlgan isroillik askarlar soni 194 nafarga etdi
(7 oktyabrdan buyon jami – 530), 1178 nafarga yaqini jarohatlandi.
▪ Gʻarbiy sohilda bosqinchilar 44 soat
davomida Tulkarm lageriga bostirib kirishdi. Oʻnlab falastinliklar hibsga
olindi, 10 dan ortiq kishi yaralandi, 1 falastinlik halok boʻldi.
▪ Al-Qassam
brigadalari soʻnggi 24 soat ichida anklavning turli hududlarida olib borilgan
amaliyotlar chogʻida oʻnlab isroillik askarlarni oʻldirgani va yaralangani haqida
xabar berdi.
▪ Xon-Yunis
gʻarbidagi Iordaniya
dala kasalxonasi yaqiniga ishgʻol kuchlari
mashinalari va bulʻdozerlar etib keldi.
▪ Gʻazoda
gavjum boshpanalarda kasalliklar tarqalmoqda. Kattalar orasida gepatit S ning
tarqalishi qayd etilgan, bolalarda diareya va teri kasalliklari kuzatilmoqda.
▪ Suriyadan
bosib olingan Golan tomon raketalar uchirildi.
▪ Gʻazo
sektoridan koʻchirilganlar boshpanalarda Qurʻʻoni karimni oʻrganish uchun 70 ta markaz ochishdi.
▪ Meksika
va Chili Xalqaro jinoiy sudni Isroilning Gʻazo sektoridagi tajovuzini tekshirish
chaqiriqlariga qoʻshildi.