Bombalanayotgan Gʻazo: 393-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 393 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Gʻazo markazi, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush
boshlanganidan buyon 43259 kishi shahid boʻldi.
▪️Nuseyrat lageridagi ikkita turar-joy binosining portlashi
natijasida 84 kishi, jumladan, 50 nafar bola halok boʻlgan. Oʻnlab odamlar
yaralangan va bedarak yoʻqolgan. Lagerʻ oxirgi 24 soat davomida doimiy hujum
ostida.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Jabaliya lagerida 12 nafar askar boʻlgan uyni portlatib yuborishdi.
▪️Bosqinchilar Livandagi 25 ta aholi punktiga hujum qildi.
Kun davomida 52 kishi halok boʻldi, 72 kishi jarohat oldi. Qurbonlarning aksariyati
Bekaa vodiysida boʻlgan.
▪️ “Hizbulloh” Tel-Aviv, Xayfa, Kiryat
Shmona, Safad, Kfar Ladi va Karmiel aholi punktlariga raketalarni uchirdi. Asosiy
janglar Xiam shahri hududida boʻlib oʻtdi, u erda qarshilik koʻrsatuvchilar koʻp sonli
bosqinchilarni yoʻq qilishdi.
▪️BMT: Gʻazo shimolidagi butun aholi kasallik, ochlik va
zoʻravonlikdan oʻlish xavfi ostida. Isroil Xalqaro Sudning vaqtinchalik buyruqlari
va qarorlarini bajarishi kerak.
▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi Francheska Albanese: Gʻazodagi
falastinliklarning genotsidi tufayli BMT aʻʻzolari Isroilning BMTdagi aʻʻzoligini
toʻxtatishi kerak.
▪️Pentagon: Biz Yaqin Sharqqa toʻxtatuvchi qiruvchi samolyotlar, yonilgʻi quyish samolyotlari va uzoq masofali bombardimonchi samolyotlarni yuboramiz.