Bombalanayotgan Gʻazo: 374-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 374 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Baloh va Jabaliya va Nusayrat
lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 43 kishi shahid boʻldi. Urush boshlanganidan
buyon 42227 kishi shahid boʻldi.
▪️Fashistlar Nuseyrat lageridagi koʻchirilganlar joylashgan
maktabni portlatib yubordi. 22 kishi halok boʻldi, ulardan 15 nafari bolalar edi.
▪️Isroil Al-Aqsa shahidlari kasalxonasini bombardimon qildi.
Natsistlar kasalxona hududidagi chodirlarda odamlarni tiriklayin yoqib yubordi. Dastlabki
maʻʻlumotlarga koʻra, 4 kishi halok boʻlgan, 80 kishi yaralangan.
▪️Urush boshlanganidan beri shu kechada bosqinchilar
koʻchirilganlar joylashgan maktabga 191-hujumni amalga oshirdi.
▪️Jabaliya lagerini qamal qilishning oʻninchi kuni. Lagerda
dori-darmon va oziq-ovqat yoʻq. Toʻxtovsiz hujumlar tufayli shahidlarning
jasadlarini koʻmib boʻlmayapti.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 2023
yil 8 oktyabrdan buyon Isroil
hujumlaridan jami 2306 kishi, jumladan, 104 nafar bola va 194 nafar ayol
vafot etgan. Yana 10 698 kishi
jarohatlangan.
▪️Hizbulloh kun davomida Isroilga qarshi 38 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Eng kattasi
Hayfadagi harbiy bazaga dron hujumi boʻldi. 8 ta bosqinchi yoʻq qilindi, 67 tasi yaralandi. Xalat-Varddagi askarlar yigʻilishiga ham zarba berildi.
▪️Hizbulloh: Xalqimizga qarshi hujumlarning davom etishi
Hayfani Kiryat Shmonaga oʻxshatib qoʻyadi.
▪️Yedioth:
Eronning Isroilga uyushtirgan raketa hujumlaridan koʻrilgan zarar miqdori taxminan
200 million shekelni (53 million dollar) tashkil etadi.