Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 353 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Baloh, Jabaliya, Burayj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 3 ta qirgʻin sodir boʻldi, 40 kishi shahid boʻldi.

▪️Natsistlar Shati lageridagi koʻchirilganlar joylashtirilgan Kafr Qosim maktabiga hujum qildi. 7 kishi halok boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah hududida Merkava tanki va harbiy bulʻdozer yoʻq qilinganini bildirdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga katta hujum uyushtirmoqda, 60 kishi hibsga olingan, ular orasida ayollar ham bor. 7 oktyabrdan beri bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 10 800 dan ortiq falastinlik hibsda saqlanmoqda.

▪️Bugun ertalab Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi Yater, Xiam shaharlari va Bekaa vodiysiga yirik zarbalar berdi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Al-Arfad dronlari yordamida Golani brigadalari harbiy bazasiga hujum qildi.

▪️ Human Rights Watch sobiq rahbari: Isroil oʻz jinoyatlari va bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi aparteidni fosh qilgani uchun Al-Jazira ofisini yopdi.

▪️BMT bosh kotibi: Gʻazodagi urush misli koʻrilmagan oʻlim va halokat darajasiga etdi.

▪️Avstraliya Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildagi gumanitar falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun YuNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasiga 6,8 mln dollar (10 mln Avstraliya dollari) ajratilishini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador