Bombalanayotgan Gʻazo: 327-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 327 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Baloh va Jabaliyaga hujum
qildi. Isroil bosqinchilari oʻtgan 24 soat ichida Gʻazo sektorida oilalarga qarshi 4
marta qirgʻin qildi, natijada 58 kishi halok boʻldi va 131 kishi jarohat oldi.
▪️Hujjatlashtirilgan falastinlik qurbonlar soni 2023 yil 7
oktyabrdan beri 40 534 kishi halok boʻldi va 93 778 kishi jarohat oldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Tulkarm va Tubasga keng
koʻlamli hujum uyushtirdilar. 10 falastinlik halok boʻldi. Natsistlarning fikriga
koʻra, hujum bir necha kun davom etadi.
▪️Qarshilik jangchilari Gʻarbiy Sohilda bosqinchilarga qarshi
shiddatli janglar olib bormoqda. Tulkarm batalmoni Nur Shams lagerida harbiy bulʻdozerni portlatib yubordi.
▪️Qizil Yarim Oy: Bosqinchilar Gʻarbiy Sohildagi kasalxonalarni
qamal qilmoqda va guruhlarimiz yaradorlarga etib borishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Jenin, Tulkarm va Tubas butunlay qamalda.
▪️HAMASning
Gʻarbiy Sohildagi etakchisi Zaher Jabarin: Hozir Gʻarbiy Sohil yoʻq, chunki aholi
punktlari hamma joyda tarqalgan. Falastinliklarning jang qilishdan boshqa iloji
yoʻq.
▪️BMT: 2023 yil oktyabrʻ oyidan beri Gʻarbiy Sohilda Isroil
askarlari va koʻchmanchilar tomonidan 646 nafar falastinlik, jumladan 148 nafar
bola oʻldirildi.
▪️Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: Isroil armiyasi
rahbarlarining Gʻazoda 3 yoshdan boshlab hamma terrorchi ekani haqidagi bayonotlari
gʻazablantirmoqda. Bu eng xavfli mentalitet.