Bombalanayotgan Gʻazo: 323-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 323 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Nuseyrat lageri, Xon Yunis,
Rafah va Bayt Lahiyaga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 40265 kishi shahid
boʻldi.
▪️Fashistlar bosqinchilar buyrugʻi bilan Gʻazoning boshqa
hududlariga yoʻl olgan koʻchirilgan odamlarga qarata oʻt ochdi. Birgina avgust oyida
12 ta ommaviy koʻchish
sodir boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazodan Sderotga ikkita raketa
uchirdi, Zikim bazasiga hujum qildi va Tel al-Hava hududidagi bosqinchilarga
qarata oʻq uzdi.
▪️Hizbulloh bir oy ichida eng koʻp zarba berdi. Kiryat Shmona va
Hayfadagi harbiy nishonlarga 180 ta raketa uchirildi.
▪️Husiylar Qizil dengizda Yunonistonning MV Sounion neftʻ
tashuvchi kemasiga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida kemada kuchli portlash sodir
boʻldi. Britaniya kema ekipaji qutqarilgani, biroq uning oʻzi jiddiy shikastlanib,
dengizda qolib ketganini maʻʻlum qildi.
▪️Isroilning Livan janubidagi zarbalari natijasida 8 kishi
halok boʻldi, ulardan biri bola.
▪️CNN:
Isroil armiyasi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatmoqchi.
▪️Bosqinchilar yahudiy askarlarining Gʻazo shimolidagi Bani
Solih masjidiga bostirib kirib, Qurʻʻoni Karim kitoblarini yoqib, yirtib
tashlashlari aks etgan kadrlarni eʻʻlon
qildi.
▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi Francheska Albanese: Bosqinchilarning
diniy joylarga hujumi nafrat va gʻarazni aks ettiradi. Bu qirgʻin urushi.