Bombalanayotgan Gʻazo: 322-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 322 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis va Dayr
al-Balahga hujum
qilishdi. Kun davomida 47 kishi, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi. Urush
boshlanganidan buyon 40265 kishi shahid boʻldi.
▪️Shin Bet rahbari Netanyaxu va
Galantni Gʻarbiy Sohilda yahudiy terrorizmi tarqalishi haqida ogohlantirdi.
▪️ Save the Children: Britaniya hukumatini Isroilga barcha
qurol savdosini darhol toʻxtatishga chaqiramiz.
▪️YuNRVA rahbari: Gʻazodagi vaziyat halokatli darajada va u
erda xavfsiz joyning oʻzi
yoʻq.
▪️Rossiyaning BMTdagi vakili Dmitriy Polyanskiy: Gʻazoda davom
etayotgan qon toʻkishi allaqachon 40 mingdan ortiq begunoh tinch aholining hayotiga
zomin boʻldi. Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealar toʻliq qonunsizlikdir.
▪️Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari S.V. Vershinin BMTning Gʻazo sektoridagi gumanitar masalalar va
qayta qurish boʻyicha koordinatori bilan telefon orqali muloqot qildi.
Falastinliklarga, jumladan, maxsus mexanizm yaratish va ishga tushirish orqali shoshilinch
yordam koʻrsatish masalasi muhokama qilindi.
▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi Francheska Albanese: Isroil oʻt
ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar niqobi ostida doimiy ishgʻol qilish uchun sharoit
yaratib, koʻproq erlarni egallab olishga harakat qilmoqda.