Bombalanayotgan Gʻazo: 303-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 303 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah,
Dayr al-Baloh, Jabaliya, Bureyj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush
boshlanganidan buyon 39550 kishi shahid boʻldi.
▪️Natsistlar Al-Aqso shahidlari
shifoxonasi hovlisidagi koʻchirilganlar
vaqtincha yashayotgan chodirlarga zarba berdi, natijada 3 kishi halok boʻldi, 18 kishi
jarohatlandi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafahda nolʻ masofadan shiddatli
kurash olib bormoqda. 2 bulʻdozer, 2 zirhli transportyor va bir Merkava tanki oʻqqa tutildi.
Jangchilar oʻz gʻalabasini Ismoil Haniyaga
bagʻishladi.
▪️NBC: 48 soat ichida Rossiyadan bir nechta Il-76 transport
samolyotlari Tehronga qoʻndi. Rossiya Eronga «Iskandar» ballistik raketalarini
etkazib berdi.
▪️Hizbulloh Yuqori Jaliley va Kiryat Shmona tomon 50 ta «Katyusha»
raketalarini otdi. Urush paytida birinchi marta Bayt Hillel aholi punkti hujumga
uchradi.
▪️Ishgʻol
samolyotlari Livan janubidagi Balat shahriga zarba berdi. Bir bola vafot etdi.
▪️Eron Tashqi ishlar vazirligi: Tel-Avivdagi hukmron toʻdaning
davom etayotgan jinoyatlari va sarguzashtlari tufayli mintaqadagi vaziyat noziklashdi.
▪️The Jerusalem Post: Eron yahudiy xalqi uchun
muqaddas falokat kuni - 12-13 avgust kunlari Isroilga hujum qilishni
rejalashtirmoqda.
▪️Isroil matbuotiga koʻra, 7 oktyabrʻ kuni Gʻazoga qarshi Isroilning
halokatli urushi boshlanganidan beri kamida 10 ming isroillik askar halok boʻlgan
yoki yaralangan.
▪️Kiryat Shmona posyolkasi meri: Ilgari faqat shimol va janub aholisi taranglikda yashagan
boʻlsa, hozirda qasos tahdidi tufayli 9 million qoʻrqus ostida qolmoqda.
▪️Turkiyaning
Tel-Avivdagi elchixonasi binosidagi turk bayrogʻi ustiga dron yordamida Isroil
bayrogʻi oʻrnatildi. Isroilda 2023 yil 17 oktyabrdan buyon dron uchirish
taqiqlanganiga qaramasdan.