12.06.2024 15:06
778

Bombalanayotgan Gʻazo: 250-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 250-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 250 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar:

- Bosqinchilar Shujayya va az-Zaytun hududlari, Rafah va Gʻazo markaziga hujum qildi. Kun davomida 42 kishi halok boʻldi, 120 kishi jarohat oldi. Jami 37164 kishi shahid boʻldi.

- Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jenin, Nablus va Xalilga bostirib kirishdi. 48 soat ichida 12 falastinlik halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi, ulardan biri yosh bola.

- Hizbulloh bosib olingan Falastin shimolidagi nishonlarga 100 dan ortiq raketa zarbasi berdi. 

- Gʻazo qarshilik jangchilari Rafahdagi Al-Shaboura lagerida joylashib olgan ishgʻolchilar va ularning texnikalarini yoʻq qildi.

- Bosqinchilar Livan janubidagi Joya shahriga hujum qildi. 4 askar halok boʻldi. Hizbulloh qoʻmondoni Tolib Sami Abdulloh shahid boʻldi.

- HAMAS va Islomiy jihod doimiy otashkesim va bosqinchilarni Gʻazodan, jumladan Misr chegarasidan toʻliq olib chiqish boʻyicha shartlarga tuzatish kiritdi.

- Islomiy jihod rahbari Rasmi Abu Issa: "Netanyaxu biz bilan alohida gaplashishga harakat qildi, lekin biz uning iltimosini rad etdik".

- Gʻazo qutqaruvchilari: "Bizda uskunalar va yonilgʻi tanqisligi kun sayin oshib bormoqda. Yordam koʻrsatish istalgan vaqtda toʻxtatilishi mumkin. Ayni paytda kuniga 300 litr yonilgʻiga ehtiyojimiz bor".

- BMT: "Gʻazodagi ayollar va chaqaloqlarning 96 foizidan koʻprogʻi asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj".

Mavzuga aloqador