11.06.2024 13:40

Bombalanayotgan Gʻazo: 249-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 249 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Shayx Radvan hududi, Gʻazo markazi va Nuseyrat lageriga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 5 marta ommaviy qirgʻin uyushtirdi. 40 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 37124 kishi shahid boʻldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Balat, Xalil, Ramallah va Baytlahm lagerlariga bostirib kirdi. 4 falastinlik halok boʻldi, 1 bola yaralandi. Oʻnlab odamlar hibsga olingan.

▪️ Rafahda qarshilik va ishgʻol oʻrtasida shiddatli janglar ketmoqda. Al-Qassam brigadalari Rafahdagi minalangan uyda Givati ​​brigadasidan bosqinchilarni yoʻq qildi. Bosqinchilardan biri Al-Aqso masjidini bosib olishga chaqirgan Knesset deputatining nabirasi.

▪️ Hizbulloh beshinchi Hermes 900 ishgʻol dronini urib tushirdi, Ramim kazarmasiga va Even Menachemdagi askarlar otryadiga hujum qildi. Yuqori Galiley tomon yalpi oʻq uzildi.

▪️ Gʻazodagi Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yoqilgʻi etishmasligi tufayli Gʻazodagi tibbiy muassasalarni taʻʻminlovchi yagona kislorod stantsiyasi bir necha soat ichida toʻliq yopilishi mumkin.

▪️ Bu kecha bosqinchilar Livanning Baalbek shahriga katta hujumlar uyushtirdi. Al-Hermel shahri eng koʻp zarar koʻrdi. 5 kishi halok boʻldi. Raketalarning aksariyati havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

▪️BMT Xavfsizlik Kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha AQSh taklif qilgan tinchlik kelishuviga mos rezolyutsiyani qabul qildi. Rossiya ovoz berishda betaraf qoldi. HAMAS va Islomiy jihod rezolyutsiyani olqishlashlarini bildirdi.

▪️Bosqinchi Knesset haredi yahudiylarini harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Avvalroq ushbu guruh agar qonun qabul qilinsa, bosib olingan hududlarni tark etishlarini bildirgan edi.

Mavzuga aloqador