Bombalanayotgan Gʻazo: 248-kunning asosiy voqealari
Bombalanayotgan
Gʻazo: 248-kunning
asosiy voqealari
Isroil
Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 248 kun boʻldi.
24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin
Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Bureyj lageri, Shujayya hududi, Dayr al-Balah
va Rafahga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 37 084 kishi shahid boʻldi.
▪️ Iordan
daryosining gʻarbiy sohilida ishgʻolchilar Tubas, Tulkarm, Nablus, Baytlahm, Xalil,
Jenin va Qalqilyaga bostirib kirdi. Ikki falastinlik halok boʻldi, 4 nafari
yaralandi, ulardan 2 nafari bola. Tubasda qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan
shiddatli janglar olib bormoqda.
▪️ Gʻazo
hukumati: Gʻazoda urush boshlanganidan beri 150 jurnalist halok boʻldi.
▪️ Hizbulloh
Golan va Kfar Shuba tepaliklarida 6 ta amaliyot oʻtkazdi. Raketalar Udemdagi ishgʻol
artilleriya diviziyasi qarorgohigacha etib bordi.
▪️ Al-Quds
brigadalari: Karem abu Salem (Karam Shalom) nazorat-oʻtkazish punktida muxoliflar
otryadiga hujum qildik, shuningdek, Gʻazo markazidagi ishgʻol texnikasini yoʻq
qildik.
▪️ Isroil
armiyasi Bosh shtabining sobiq rahbari, general-leytenant Gadi Ayzenkot, “Maxane
Mamlaxti” partiyasi etakchisi Beni Gants hamda Gʻazodagi diviziya qoʻmondoni Avi
Rozenfelʻd Netanyaxu hukumatini tark etdi. HAMAS: Gants va Ayzenkot choʻkayotgan kemani birinchilardan boʻlib tark etishdi.
▪️ Iordaniya,
Marokash, AQSh, Kanada, Frantsiya, Braziliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va
Indoneziyada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.
▪️ Gʻazoda AQSh
maxsus qoʻshinlari boshchiligida amalga oshirilgan qutqaruv operatsiyasi davomida
HAMAS qoʻlidagi uch asir, ulardan biri Amerika fuqaroligiga ega, halok boʻldi.
Mazkur qatliomda 274 nafar tinch aholi vakili qurbon boʻldi, 698 kishi
jarohatlandi.
▪️ Isroilning
12-kanalida arab madaniyatiga bagʻishlangan koʻrsatuv olib boruvchi aktrisa
va yangiliklar boshlovchisi Lama Tatur Instagram ijtimoiy tarmogʻida HAMAS qoʻlidan ozod qilingan
ayol haqida: “9 oylik asirlikdan keyin garovga olingan odam shunday
koʻrinadimi? Uning
qoshlari, terisi, sochlari, tirnoqlari menikidan yaxshiroq koʻrinyapti! Buning uchun haqiqatan ham begunoh bolalar va
ayollarni oʻldirish kerakmidi?” deb yozgani uchun ishdan boʻshatildi.