04.06.2024 13:30
854

Bombalanayotgan Gʻazo: 242-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 242-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 242 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Gʻazoning markazi boʻlgan Rafah va Burij lageriga hujum qildi. Bir kunda 43 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 36479 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Tulkarm, Nablus, Baytlahm va Qalkiliyaga hujum qilmoqda. 5 falastinlik halok boʻldi, oʻnlab yoshlar, jumladan, bir bola hibsga olindi.

▪️Al-Qassam brigadalari butun Rafah boʻylab bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.

▪️Xusiylar dastlab Yamandan Um Rashrashga (Eilat - Heb) hujum qilishdi. «Falastin» nomli yangi ballistik raketa uchirildi.

▪️Falastin tarafdori faollar San-Fransiskodagi Isroil konsulligi binosi qabulxonasini egallab olishdi. Politsiya 70 kishini hibsga oldi.

◾️Vashington BMT Xavfsizlik kengashini Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish taklifini qoʻllab-quvvatlashga chaqiradi.

◾️POLITICO: Bayden maʻʻmuriyatida umumiy fikr shuki, Netanyaxu siyosiy omon qolishga intilmoqda.

Mavzuga aloqador