Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 239 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

⚡️239 kun Gʻazo bombardimon qilindi. Bosqinchilar Rafah va Bayt Xanunga hujum qilishdi. Kun davomida 60 kishi halok boʻldi, 280 kishi jarohat oldi. Urush boshlanganidan buyon 36284 kishi shahid boʻldi.

 

Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablusdagi Balat lageriga ikkinchi kun bostirib kirdi, 8 Falastinlik yaralandi. Bosqinchilar lagerʻ infratuzilmasini vayron qilgan.

 

Hizbulloh Falastin shimolidagi ishgʻol posyolkalari va kazarmalariga oʻnlab Katyusha raketalarini uchirdi.

 

AQSh Prezidenti Bayden: Isroil uch bosqichli otashkesim taklifini taqdim etdi.

 

HAMAS harakati “AQSh prezidenti nutqida nimalar borligini” ijobiy baholaydi.

 

Mustafo Barguti, Falastin sobiq axborot vaziri: Baydenning taklifi Isroilning Gʻazodagi urushi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishdir.

 

Harbiy ekspertlar: HAMASning uchta bataloni Jabaliyani himoya qildi. Bosqinchilar oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishdi.

 

Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Ishgʻol Jabaliya lageridagi uylarning koʻpini, bozorlarni va infratuzilmani butunlay vayron qildi.

 

Italiya shahri meri shahar meriyasi binosiga Falastin bayrogʻini osib qoʻydi. Kolumbiya universiteti talabalari lagerni qayta tiklashdi. Butun dunyoda falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash uchun minglab namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

Mavzuga aloqador