18.05.2024 14:30
795

Bombalanayotgan Gʻazo: 225-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 225 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Jabaliya, Rafah va Xon Yunisga yirik hujumlar uyushtirdilar. Kun davomida 31 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan beri 35303 kishi shahid boʻldi.

 Iordan daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar jangchi yordamida Jenin bataloni rahbari Islom Xamaisi uyiga hujum qilishdi. Islom shahid boʻldi, yana 8 kishi yaralandi.

 Al-Qassam brigadalari Jabaliya oʻqi va Rafahda bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Tanklar yoʻq qilindi. Nitsapim oʻqida bosqinchilarning otryadi ham yoʻq qilindi.

 Jazoir va Sloveniya BMT Xavfsizlik Kengashining Rafahdagi vaziyat boʻyicha yigʻilishini oʻtkazishni soʻradi. Uchrashuv dushanba kuni boʻlib oʻtadi.

 Xusiylar Qizil dengizda Britaniya kemasiga hujum qilishdi. Kema shikastlangan.

 BMT: Gʻazoda tarqatiladigan gumanitar yordam deyarli qolmagan.

 Save The Children International: Gʻazoda ochlikdan vafot etgan bolalarning rasmiy soni fojianing asl koʻlamini aks ettirmaydi.

Mavzuga aloqador