Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 223 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Jabaliya, Rafah, Sidr mintaqasi, Gʻazo shahri va Nusayrat lagerida tinch aholiga nisbatan ehtiyotsiz hujumlar uyushtirdi. Urush boshlanganidan beri 35233 kishi shahid boʻldi, 79141 kishi yaralandi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastinning 8 ta shahri: Tulkarm, Nablus, Tubas, Jenin va Qalqilyaga bostirib kirishdi. 3 falastinlik shahid boʻldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi.

▪️Bugun tongda bir yosh falastinlik Quddusda bosqinchi askarlarga pichoq bilan hujum qildi. Hujum paytida bir falastinlik shahid boʻldi.

▪️Gʻazo qarshilik jangarilari Jabaliya shahrida bosqinchilar joylashgan binoni portlatib yubordi. Faqatgina rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 12 bosqinchi oʻldirilgan. Bir hafta ichida 100 dan ortiq bosqinchilar oʻldirildi va yaralandi.

▪️Bosqinchilar Livanning Beqaa vodiysiga 15 dan ortiq zarba berishdi.

▪️BMT: 6 maydan beri Isroil harbiylari Gʻazoning shimoliy va janubiy qismini evakuatsiya qilish toʻgʻrisida beshta buyruq berib, umumiy evakuatsiya hududini 78 foizga kengaytirdi.

▪️Falastin Qizil yarim oy jamiyati: Gʻazoda halok boʻlgan bolalar soni 15 mingdan oshdi.

▪️Sud arxitekturasi tadqiqot guruhi: Yanvarʻ oyidan beri ishgʻol Gʻazoda gumanitar yordamga 80 ta alohida hujum uyushtirdi.

▪️Amsterdam universiteti talabalari Gollandiya agentligi jurnalistlarini ularning oʻtirishni yoritishda noxolislikda ayblab, ularga kirishdan bosh tortishdi.

Mavzuga aloqador