Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 220 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Jabaliya lageri, Rafah va Zaytun hududini gilam bilan portlatishda davom etmoqda. Bir kunda 63 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan beri 35 034 kishi shahid boʻldi, 78 755 kishi yaralandi.

▪Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablusga bostirib kirishdi, bu erda 11 nafar falastinlik yaralandi. Baytlahm, Ramalloh va Qalqilya ham hujumga uchradi.

▪Qarshilik jangchilari uchta frontda: Jabaliya, Zaytun va Rafahda kurashmoqda. Bosqinchilar urush boshlanganidan beri eng katta yoʻqotishlarni koʻrganini tan oldi – 50 nafar bosqinchi halok boʻldi va yaralandi. 8 ta tank yaroqsiz holga keltirildi. Askalan va Sderotga hujum qilinadi.

▪Zaytin hududida qarshilik jangchilari bosqinchi general Yogav Bar-Shishtani yaraladi.

▪Tungi shiddatli hujumlardan soʻng ishgʻol tanklari Jabaliya, Sabra va Zeytun tumanlariga kirdi. Jabaliya hududida bosqinchilar yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun kelgan tez yordam mashinalariga qarata oʻq uzgan.

▪BMT: 300 000 ga yaqin falastinliklar Rafahdan Gʻazoning boshqa xavfli hududlariga qochib ketishdi.

▪Demokratik front siyosiy byurosining yuqori martabali aʻʻzosi Talal Abi Zarifa Gʻazo markaziga qilingan hujum natijasida shahid boʻldi.

▪Misr, Isroilni Gʻazo nosidi boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganlikda ayblagan Xalqaro Adliya sudida Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi qoʻzgʻatgan ishiga rasman qoʻshilishini aytdi.

Mavzuga aloqador