Bombalanayotgan Gʻazo: 207-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 207 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. Urush
boshlanganidan buyon 34488 kishi shahid boʻldi.
▪️ HAMASning
Gʻazodagi etakchisi Yahyo Sinvar: oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarining
Gʻazodan olib chiqib ketilishi shartlari kiritilmasa, asirlarni almashish boʻyicha hech
qanday kelishuv boʻlmaydi.
▪️ Bosqinchi Isroil armiyasi
Gʻazo sektoridagi janglar davomida ikki ishgʻolchi askar – mayor unvoniga ega
harbiylar halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
▪️ Husiylar
Qizil dengizda Amerikaning Cyclades kemasiga, Hind okeanida esa Isroil
kemasiga hujum qildi.
▪️ Axios: AQSh
Kongressi aʻʻzolari Xalqaro jinoiy sudni Isroil rasmiylarini hibsga olishga order
berishdan ogohlantirdi. Order
berilishiga AQSh tomonidan javob choralari koʻrilishi bildirilgan.
▪️ Xalqaro
jinoiy sud prokurorlari Gʻazodagi ikki yirik shifoxona - Shifa va Nosir xodimlari
bilan suhbat oʻtkazdi. Bu Xalqaro
sud shifokorlar bilan Gʻazodagi bosqinchilarning jinoyatlari haqida
gaplashganining ilk
tasdigʻidir.
▪️ Bugun
Gaagadagi Xalqaro sud Germaniya falastinliklarni oʻldirish uchun bosqinchilarga
qurol etkazib berish orqali jinoyat sodir etyaptimi yoki yoʻqmi, degan qarorga
keladi.
▪️ Senator
Berni Sanders Isroil bosh
vaziri Benʻyamin
Netanyaxuning AQSh universitetlari kampuslarida Falastin tarafdori boʻlgan
namoyishlarni qoralagan soʻnggi soʻzlarini keskin tanqid qildi. Oʻz bayonotida Sanders bunday
namoyishlar antisemitizm yoki HAMAS tarafdori ekanligi haqidagi daʻʻvolarni rad etdi.
Uning taʻʻkidlashicha, soʻnggi olti oy ichida Isroil hukumati 34 ming
falastinlikni oʻldirgan va 77 mingdan ortiq kishi jarohat olgan, qurbonlarning 70
foizi ayollar va bolalardir.