Bombalanayotgan Gʻazo: 206-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 206 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Gʻazo hududlarini bombardimon qilish
intensivligini oshirdi. Zarbalar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat lageri, Dayr al-Balah shaharlarida amalga oshirilgan. Kun
davomida 113 kishi halok boʻldi.
▪️ Gʻazo
sektorida 7 oktyabrdan beri davom etib kelayotgan Isroil
tajovuzi oqibatida halok boʻlgan falastinliklar soni 34 454 nafarga etdi, yana 77 575 nafari
yaralandi.
▪️ Isroil
urushi boshlanganidan beri Gʻazo sektorida 141 nafar jurnalist halok boʻldi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda 600 dan ortiq koʻchmanchilar ishgʻolchi harbiylar koʻmagida Al-Aqso masjidini
tahqirladi. Koʻchmanchilar Quddus bozorlariga ham bostirib kirdi.
▪️ Falastin
prezidenti Mahmud Abbos Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan iqtisodiy forum doirasida boʻlib
oʻtgan maxsus sessiyadagi chiqishi chogʻida Isroil chegaralarda xavfsizlikni toʻliq taʻʻminlash, falastinliklar esa oʻz
taqdiri oʻzi belgilash va mustaqil davlatchilik huquqiga ega ekanini taʻʻkidladi. U
BMTga Falastinni tashkilotga toʻlaqonli aʻʻzo sifatida qabul qilishni soʻrab
murojaat qildi, shuningdek, Evropa davlatlarini Falastin davlatini tan olishga
chaqirdi.
▪️ Le Monde:
Frantsiya Isroilga mudofaa eksportini minimal darajaga tushirdi.
▪️ AQSh
prezidentligiga nomzod Jill Steyn Vashington universiteti talabalari tomonidan
Falastin tarafdorlari namoyishlarida ishtirok etayotgan vaqtda hibsga olindi.
▪️ Al-Jazira:
Hozirda 37 million tonna chiqindi yigʻilgan Gʻazoni tiklash uchun 200 yil kerak boʻlishi mumkin.
▪️ The New
York Times: Xalqaro jinoiy sud Isroil rasmiylarini, jumladan Netanyaxuni hibsga olishga order
berishga tayyorlanmoqda.
▪️
Yakshanba kuni AQShning turli hududlarida Falastinni qoʻllab-quvvatlab namoyish
oʻtkazayotgan 200 nafar talaba hibsga olinganidan soʻng jami ushlangan talabalar
soni 700 nafarga etdi.