Bombalanayotgan Gʻazo: 200-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 200 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo markaziga
havo va dengizdan zarbalar berdi. Bir kunda 54 kishi shahid boʻldi. Urush
boshlanganidan beri halok boʻlganlar soni 34 151 kishiga, yaralanganlar soni 77 084
kishiga etdi.
▪️ Nablusdagi
Gʻarbiy Sohilda qarshilik jangchilari ishgʻolchi olgan askarlar bilan jangga kirishdi. Erixoda bosqinchilar
hujum paytida bir falastinlikni oʻldirdi.
▪️ Gʻazo
shimolidagi Bayt Haninda joylashgan ishgʻol askarlari qarshilik jangchilarining mergan, minomyot va granata
hujumlariga uchradi.
▪️ Bosqinchilar
Livan janubidagi Yarn va Jabur shaharlariga hujum qilishdi.
▪️ AQShda ikki
nufuzli universitet – Yel
universiteti va Nʻyu-York universitetida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi
harakatlarda qatnashgan oʻnlab xodimlar va talabalar hibsga olindi. Avvalroq
politsiya Kolumbiya universitetining 108 nafar talabasini hibsga olgan edi.
▪️ Skandinaviya
tashkilotlarining YuNRVA
faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti agentlik betaraflikka yondashgan insonparvarlik
tamoyillariga amal qilishini koʻrsatdi. Shuningdek, Isroil YuNRVA xodimlarining 7 oktyabrdagi hujumga aloqadorligi haqida
hozircha hech qanday dalil keltirmagani xabar qilingan.
▪️BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Dennis Frensis: YuNRVA millionlab
falastinlik qochqinlar uchun hayot yoʻli hisoblanadi hamda audit agentlik insonparvarlik tamoyillariga va
betaraflikka mos kelishini koʻrsatdi.