18.04.2024 13:25

Bombalanayotgan Gʻazo: 195-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 195 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Isroil armiyasi butun Gʻazo boʻylab bombardimon qilishni kuchaytirdi, ayollar va bolalarni oʻldirdi. Kechasi bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Nuseyrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo markaziga hujum uyushtirdi. Oʻtgan kun davomida 56 kishi halok boʻldi, oʻnlab jasadlar vayronalar ostida qolmoqda.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo gʻarbida joylashgan Plyaj lageridagi koʻchirilgan yuzlab odamlar panoh topgan maktabni portlatib yubordi. Hujum natijasida asosan bolalardan iborat 10 dan ortiq kishi shahid boʻldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Xalil, Ramallah va Nablusda oʻnlab falastinliklarni hibsga oldilar, hibsga olinganlar orasida qizlar ham bor.

▪️Ommaviy ishgʻol: kechagi Hizbullohning Al-Aramshadagi askarlarga hujumi qurbonlari soni 19 kishiga etdi.

▪️ BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinni BMTga toʻlaqonli aʻʻzolikka berish boʻyicha ovoz berish jarayonini juma kuniga qoldirildi.

▪️ HAMAS Falastin tan olinsa, harbiy qanotidan voz kechib, siyosiy partiya sifatida faoliyat yuritishga tayyorligini bildirdi.

▪️ Jazoir YuNRVAga 15 million AQSh dollari miqdorida alohida hissa qoʻshishini eʻʻlon qildi.

▪️ Frantsiyaning Lill universiteti maʻʻmuriyati Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat kuchayib borayotganini bahona qilib, muxolifat soʻl etakchisi Jan-Lyuk Melenshon ishtirokidagi Falastin boʻyicha konferentsiyani bekor qildi.

Mavzuga aloqador