08.04.2024 13:30

Bombalanayotgan Gʻazo: 185-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 185 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Shujaya, Nuseyrat va Rafah lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 38 kishi shahid boʻldi, 71 kishi yaralandi.

▪️ Urush davomida jami 33175 falastinlik halok boʻldi, 75886 nafari yaralandi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Xalil (Xevron) shahriga bostirib kirdi, u erda 23 nafar falastinlik hibsga olindi. Nablusda qarshilik jangchilari Balat lageriga bostirib kirishni istagan bosqinchilar bilan jangga kirishdi.

▪️ Isroil aviatsiyasi Livan janubidagi Sultoniya shahriga hujum qildi, 3 kishi halok boʻldi.

▪️ Olti oylik urush davomida ilk bor bir kunda 322 ta gumanitar yuk mashinasi Misrdan Gʻazoga kirdi.

▪️ Falastinning HAMAS harakati delegatsiyasi Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil bilan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil bilan asirlarni almashish masalasini Qohirada muhokama qildi.

▪️ BMT Xavfsizlik Kengashi bugun Falastinning BMTga aʻʻzo davlat boʻlish haqidagi iltimosini koʻrib chiqish uchun yigʻiladi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy: “Albatta, biz Falastin imkon qadar tezroq BMT aʻʻzoligi maqomini olishini taʻʻkidlaymiz”, - dedi.

▪️ 600 nafar nemis davlat xizmatchisi kantsler Olaf Sholtsga “Isroil hukumatiga qurol etkazib berishni zudlik bilan toʻxtatish” chaqirigʻi bilan murojaat qildi.

▪️ Xalqaro sud Nikaragua tomonidan Germaniya Isroilning Gʻazodagi urushini qoʻllab-quvvatlagani toʻgʻrisida ochilgan ish boʻyicha ikki kunlik ochiq eshituvlarni boshlaydi.

▪️ Globes: Turkiya Isroilga eksportni yashirincha bloklamoqda. Oʻtgan hafta davomida Isroilga mahsulot eksport qilayotgan turk kompaniyalari Turkiya bojxona saytida eksport bojlarini toʻlay olmay qolgan. Mavjud vaziyat tufayli Isroil va Turkiya portlari oʻrtasidagi savdo yoʻllariga xizmat koʻrsatuvchi yuk kemalari ham dengizga chiqa olmayapti.

 

Mavzuga aloqador