03.04.2024 13:32
1206

Bombalanayotgan Gʻazo: 180-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 180 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Xon Yunis va Rafahga hujum qilishdi. Kun davomida 71 kishi shahid boʻldi, 102 kishi yaralandi.

▪️ Qirgʻinbarot boshlangan 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida jami 32 916 falastinlik, jumladan, 14280 nafar bola va 9340 nafar ayol halok boʻldi, 75 392 kishi jarohatlandi.

▪️ Al-Qassam brigadalari: Dayr al-Balahdagi uyda joylashgan bosqinchilarni yoʻq qildik. Ularning harbiy texnikasini ham ishdan chiqardik.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubasga bostirib kirdi va u erda Falastin qarshilik kuchlarining toʻqnashuviga duch kelishdi. Nablus, Xevron va Qalqilya ham hujumga uchradi, bu erda oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ikki nafar yosh falastinlik bosqinchi askarlar ustiga mashina haydashi natijasida 4 politsiyachi jarohatlandi. Falastinlik yigitlardan biri shahid boʻldi, ikkinchisi qochib qutilgan.

▪️ BMT bosh kotibi Antoni Guterrish: 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari natijasida Gʻazoda halok boʻlgan insonparvarlik xodimlari soni 196 kishiga etdi.

▪️Bosib olingan Falastin hududlarida yuzlab namoyishchilar Netanyaxining qarorgohiga bostirib kirishga harakat qilishdi.

▪️ Ispaniya shu yilning iyulʻ oyida Falastin mustaqilligini tan olishini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador