Bombalanayotgan Gʻazo: 175-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 175 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Xon Yunis, Gʻazo markazi va Jabaliyaga hujum
qildi. Kun davomida 62 kishi shahid boʻldi, 91 kishi yaralandi.
▪️ Isroilning
Gʻazo sektoriga qilgan hujumlarida 7 oktyabrdan beri 32 552 falastinlik,
jumladan, kamida 14 280 bola va 9 340 ayol halok boʻldi, yana 74 980 nafari
yaralandi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Nablus, Xevron, Baytlahm va Qalkiliyaga hujum qilmoqda. Oʻnlab
falastinliklar hibsga olingan.
▪️ Bosqinchilar
Suriyaning Halab shahriga hujum qildi, natijada 33 nafar tinch aholi halok boʻldi.
▪️ Al-Quds
radiosi jurnalisti Muhammad Abi Soshil bosqinchilar tomonidan Shifa kasalxonasida
qatl etildi. Oʻlgan jurnalistlar soni 137 kishiga etdi.
▪️ Iordaniyada
Gʻazoni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar besh kundan beri toʻxtamayapti. Minglab
odamlar Isroilning Ammandagi elchixonasi oldida toʻplanishdi.
▪️ Yaponiya YuNRVAni moliyalashtirishni
qaytadan boshlashini maʻʻlum
qildi.
▪️ BMT Jahon oziq-ovqat dasturi
Gʻazo shimolida ocharchilik «muqarrar» ekani hamda ocharchilikning oldini olish uchun insonparvarlik
yordamini «koʻpaytirish» zarurligi haqida ogohlantirdi.
▪️ Belʻgiya
tashqi ishlar vaziri: Isroil tinch aholi va bolalarni och qoldirishni bas qilishi
kerak.
▪️ AQSh Davlat departamenti ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida Isroil
askarlari tomonidan oq
bayroq koʻtarib ketayotgan ikki falastinlik oʻldirilib, jasadlari bulʻdozer bilan koʻmib yuborilgani
yuzasidan tegishli tergov oʻtkazilishini talab qildi.
▪️ YuNISEF:
ishgʻol qilingan Gʻazo sektorida koʻchirilgan 1,7 mln
ga yaqin falastinlikning
yarmi bolalar boʻlib, ular suv, oziq-ovqat, yoqilgʻi va dori-darmonlarga muhtoj.