Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 174 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Shujaya, Xon Yunis va Bayt Lahiya hududlariga hujum qildi. 24 soat ichida 102 falastinlik qurbon boʻldi.

▪️ 7 oktbyardan bunyo Isroilning Gʻazo sektorida amalga oshirgan hujumlari natijasida jami boʻlib 32 490 kishi halok boʻldi, 74 889 kishi yaralandi.

▪️ Gʻarbiy Sohildagi Qalandiya va Nablisda bosqinchilar 5 nafar falastinlik yoshni yaraladi va 20 dan ortiq kishini hibsga oldi.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo janubida yordam koʻrsatishga masʻʻul boʻlgan xalq qoʻmitasi yigʻilishi vaqtida zarba berdi. 4 kishi shahid boʻldi.

▪️ Erixodan shimolda joylashgan Al-Ajja shahrida avtobusga qilingan hujum oqibatida 3 yahudiy koʻchmanchi yaralandi. Hujumchilar qochishga muvaffaq boʻlishdi.

▪️ Hizbulloh Gʻarbiy Jaliladagi Gorn va Gornit shaharlariga hujum qildi.

▪️ Iordaniyada Gʻazoni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar toʻrt kundan beri toʻxtamayapti.

▪️ Shifo yaqinida qarshilik jangchilar tomonidan bosqinchilarga qarshi 70 ga yaqin hujum amalga oshirildi. Ushbu yuqori darajadagi hujumlar Falastin jangarilari jangovar samaradorlikni sezilarli darajada ushlab turganidan dalolat beradi”, - deya maʻʻlum qildi ISW urushni oʻrganish instituti.

▪️ Al-Jazira oq mato silkitib, Gʻazo qirgʻoqlari boʻylab ketayotgan ikki falastinlikni bosqinchilar otib oʻldirgani, soʻngra ularni bulʻdozer yordamida koʻmib tashlagani aks etgan tasvirlarni eʻʻlon qildi.

▪️ AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Yamanda husiylarning toʻrtta uchuvchisiz uchish uskunasi yoʻq qilinganini bildirdi.

▪️ Bloomberg: AQSh va uning ittifoqchilari husiylarga qarshi qimmatbaho qiruvchi samolyotlardan foydalanayotganiga qaramay, harakatning yuk kemalari va Amerika harbiy kemalariga hujumlarini toʻxtata olgani yoʻq.

▪️ Shvetsiyadagi V-Dem instituti 50 yil ichida birinchi marta Isroilni liberal demokratik davlatlar toifasidan chiqarib tashladi. Isroil siyosatida oshkoralik yoʻqoldi, qonun ustuvorligi buzildi. Netanyaxu hukumati sud tizimiga hujum qilmoqda, deb yozadi institut oʻz hisobotida.

▪️ Turkiya AFAD tomonidan Turkiya Jamgʻarmalar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan va 125 ming oziq-ovqat paketini oʻz ichiga oluvchi 2960 tonna ogʻirlikdagi gumanitar yuk ortilgan kemani Falastinga yubordi. Bu Gʻazo sektori aholisi uchun Turkiyadan yuborilgan insonparvarlik yordami ortilgan sakkizinchi kemadir.

▪️ Yanada kengroq boykot tashabbusiga javoban Indoneziya Ulamolar kengashi (ilohiyotshunoslar) Isroilda etishtirilgan xurmolarni Islom shariatiga koʻra harom deb, sotib olish va isteʻʻmol qilishni taqiqlaganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador