27.03.2024 13:19
1588

Bombalanayotgan Gʻazo: 173-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 173 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Misr chegarasidan uncha uzoq boʻlmagan Rafah shahriga katta hujumlar uyushtirdi. Nuseyrat, Xon Yunis va Jabaliya lagerlariga ham zarba berildi. Kun davomida 81 kishi shahid boʻldi, 93 kishi yaralandi.

▪️ Bosqinchilar Nosir kasalxonasiga bostirib kirdi, u erda tibbiyot xodimlari va koʻchirilganlar hibsga olindi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jeninga bostirib kirdi, natijada 19 yoshli falastinlik shahid boʻldi, Nablisdagi uyida bir qiz halok boʻldi, yana 5 kishi esa ogʻir yaralandi.

▪️ Chet el samolyotlari tomonidan Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami dengizga tushishi natijasida kamida 13 nafar falastinlik suvdan oziq-ovqat qutilarini olishga urinishda halok boʻldi.

▪️ Bosqinchilar Livan janubidagi Al-Xabariya shahriga hujum qildi. Hujum natijasida tez yordam markazining 7 nafar koʻngillisi halok boʻldi.

▪️ OAV: Livandan Yuqori Jalila tomon 30 dan ortiq raketa uchirildi. Kiryat Shmonada bir koʻchmanchi yahudiy halok boʻldi. Katta vayronagarchiliklar mavjud.

▪️ Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Ar-Rashid koʻchasida bir guruh bosqinchilarni yoʻq qildi.

▪️ HAMAS siyosiy byurosi aʻʻzosi Izzat al-Rishq Isroilning ikki hafta muqaddam harakatdagi uchinchi muhim shaxs hisoblanuvchi Marvon Iso tunnelga uyushtirilgan havo hujumi natijasida halok boʻlgani toʻgʻrisidagi iddaosini shubhali deb atadi. U oxirgi soʻzni Izzad-Din al-Qassam brigadasi (HAMASning jangovar qanoti) aytishini maʻʻlum qildi.

▪️ Gʻarbiy Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlaridan va Emmanuel sanoat zonasidan chiqarilgan suyuq va qattiq chiqindilar Falastin aholi salomatligiga tahdid solayotgani va qishloq xoʻjaligi erlarini yomonlashtirayotgani maʻʻlum qilindi.

▪️ Turkiya Milliy mudofaa vazirligi yanvarʻ oyida ham Isroilga porox, portlovchi moddalar, oʻq-dori va qurol eksport qilishda davom etgani haqidagi xabarlarni rad etib, faqat “ov miltigʻi ehtiyot qismlari va baliqchilik vositalari (garpun va boshqa)” sotilganini bildirdi.

Mavzuga aloqador