26.03.2024 13:28
1524

Bombalanayotgan Gʻazo: 172-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 172 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Rafada tinch aholi yashayotgan uyga zarba berishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi. Yahudiy armiyasi, shuningdek, Gʻazo shimoliga ham zarbalar berdi. Kun davomida 107 kishi shahid boʻldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Ramallah, Nablus, Xevronda ommaviy hibsga olmoqda. Balat lagerida bosqinchilar Fath harakatining shtab-kvartirasini portlatib yubordi.

▪️ Al-Qassam Brigadalari: Biz Gʻazo shahridagi Al-Tafel hududi chegaralarini bosib oʻtgan bosqinchilarni minomyotlardan oʻqqa tutdik, bu esa ularni oʻz qoʻshinlarini hududdan olib chiqishga majbur qildi.

▪️ BMT hisobotida Isroil Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblanadi: Isroil Gʻazoda koʻplab genotsidlarni amalga oshirdi. Isroilning Gʻazoga hujumi tabiati va koʻlami falastinliklarni jismonan yoʻq qilish niyatidan dalolat beradi.

▪️ Livan Hizbullohi: Biz Al-Mutallahda isroillik askarlari joylashgan binoga aniq zarba berdik.

▪️ BMT Xavfsizlik Kengashining Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyasi qabul qilinishini dunyo olqishlamoqda. Ovoz berishdan keyin zalda ham qarsaklar yangradi.

▪️ Isroil askarlari tomonidan qamal qilingan Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida joylashgan Amal kasalxonasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

▪️ BMT Xavfsizlik Kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish talab qilgan rezolyutsiyani qabul qilganiga qaramasdan, Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats: “Isroil oʻt ochishni toʻxtatmaydi. Biz HAMASni yoʻq qilamiz va oxirgi (isroillik) mahbus qaytib kelguncha kurashamiz”, dedi.

▪️ Iordaniyada namoyishchilar ketma-ket ikkinchi kun norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda. Ular: “Gʻazo ochlikdan oʻlyapti, ey qoʻrqoq arab hukumatlari”, deb hayqirgancha Gʻazo bilan birdamlik bildirib, ishgʻolchi kuchlarning davomli tajovuzini qoralamoqda.

▪️ AQSh Qurolli kuchlarining bir necha harbiy samolyotlari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida Bashar Asad rejimi tarafida boʻlgan eronparast guruhlarning harbiy nishonlariga hujum qildi. Dayr-az-Zor shahri markazi, shuningdek, Al-Bukamal va Al-Mayadin tumanlaridagi 10 ta harbiy obʻʻektga, jumladan, oʻq-dorilar omboriga zarba berilgan.

Mavzuga aloqador