Foto: Gʻazoda ommaviy iftor

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 171 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchi kuchlarning Rafax shahridagi turar-joy binolariga uyushtirgan havo hujumlarida aksariyati ayollar va bolalardan iborat 30 kishi halok boʻldi. Yahudiy armiyasi Dayr al-Baloh, Xon Yunis va Jabaliyaga ham hujum qildi.

▪️ 7 oktyabrdan buyon Isroilning Gʻazo sektoriga amalga oshirgan hujumlari natijasida jami 32226 falastinlik shahid boʻldi, shundan 14280 nafari bolalardir. 74 518. Kishi jarohatlandi.

▪️ Bosqinchilar yana ikkita kasalxonani - Al-Amal va Nosir kasalxonalarini qamal qildi, ularda yuzlab koʻchirilgan odamlar, bemorlar va shifokorlar joylashgan. Kasalxonalar bilan aloqa uzilgan.

▪️ Iordan daryosining gʻarbiy sohilida, Bayt-Furik shahrida bosqinchilar 14 yoshli falastinlik bolani otib oʻldirdi.

▪️ Falastin Mahbuslar klubi: Ishgʻol natijasida Gʻarbiy Sohilda 16 nafar falastinlik, jumladan sobiq mahbuslar qoʻlga olindi va 7 oktyabrdan beri qoʻlga olinganlarning umumiy soni 7755 nafarga etdi.

▪️ Bosqinchilar ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohildan minglab nasroniylarning Palʻma yakshanbasi kuni Quddusga kirishiga ruxsat bermadi.

▪️ Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Shifa kasalxonasi yaqinida uchta bosqinchini yoʻq qildi. Bayt Xaynda Merkava tanki va harbiy bulʻdozerni yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishdi.

▪️ Hizbulloh: Bugun ertalab jangchilarimiz Al-Tayxat tepaligida artilleriya oʻqlari bilan bosqinchilarni yoʻq qildi.

▪️ Bosqinchilar YuNRVA va unga aloqador boshqa tashkilotlarning Gʻazo shimoliga yordam etkazishi taqiqlanganini taʻʻkidladi.

▪️ Evropa-Oʻrtaer dengizi inson huquqlari tashkiloti rahbari: Urush boshlangandan beri bosqinchilar 3 ta universitet rektorini, shuningdek, 95 ta universitet dekanlari va professorlarini oʻldirdi.

▪️ Gʻazo sektoridagi hukumat matbuot idorasi Gʻazo sektorida uch falastinlik jurnalistning halok boʻlganini eʻʻlon qildi. Oʻtgan yilning 7 oktyabridan beri halok boʻlgan OAV xodimlari soni 136 nafarga etdi.

▪️ Frantsiya prezidenti Netanyaxaga Gʻazo sektori janubidagi Rafaksdan odamlarning har qanday majburiy koʻchirilishi “harbiy jinoyat” boʻlishini maʻʻlum qildi.

▪️ Livan axborot agentligi: Kecha ertalab Livanning sharqiy qismidagi al-Suvayri shahrida ishgʻolchilarga oid uchuvchisiz samolyotning mashinaga hujumi natijasida yaralangan suriyalik bir ishchi halok boʻldi.

Mavzuga aloqador