Bombalanayotgan Gʻazo: 169-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 169 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
24 soat davomida Gʻazo
sektorining Rafah,
Dayr al-Balah va Xon Yunis
shaharlariga hujum qildi. Ushbu hujumlarda jami 82 kishi halok boʻldi, 110 kishi yaralandi.
▪️ 7 oktbyardan
bunyo hammasi boʻlib 32 070 kishi Isroil genotsidi qurboniga aylandi, 74 298 kishi yaralandi.
▪️ Gʻazo
hukumati: Shifa kasalxonasida ishgʻolchilar tomonidan qatl etilgan 100 kishi orasida
tibbiyot xodimlari ham bor.
▪️ BMT
Xavfsizlik Kengashi Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish loyihasi boʻyicha ovoz
berishni dushanba kuniga qoldirdi.
▪️ Bugun
tongda bosqinchilar Xon Yunisdagi Evropa kasalxonasiga havodan hujum qildi.
▪️ Qarshilik
jangchilari Gʻazo shahri markazida, Shifo kasalxonasi yaqinida va Bayt-Laxiyada
bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Xevron, Nablus va Tulkarmga hujum qilmoqda. Oʻnlab
odamlar hibsga olingan. Urush boshlanganidan beri bosqinchilar Gʻarbiy Sohilda 7350
nafar falastinlikni hibsga olgan.
▪️ Isroil
cheklovlariga qaramasdan, 120 ming falastinlik Al-Aqso masjidida Ramazon oyining
ikkinchi jumasini ado etdi.
▪️ Amerika
qiruvchi samolyotlari husiylar nazorati ostidagi Yamandagi uchta er osti omboriga
hujum qildi. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Sanadagi portlashlar va
tutunni joylashtirgan. Shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi Yamanda toʻrtta dron
yoʻq qilinganini bildirdi. Qoʻmondonlik husiylar nazoratidagi hududlardan Qizil
dengiz tomon ballistik raketalar uchirilganini ham maʻʻlum qildi.
▪️ Ispaniya
bosh vaziri Pedro Sanches Malʻta, Irlandiya va Sloveniya bilan birgalikda Falastin
davlatini “tegishli shartlar paydo boʻlganda” tan olish toʻgʻrisidagi qaror “adolatli
echim boʻlib, Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroni hal qilishga yordam beradi”,
dedi.
▪️ HAMAS
harakati Moskvadagi kontsert zalida sodir etilgan teraktni qoralab, Rossiya
rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirdi. “Biz Moskvadagi tinch aholini nishonga
olgan va oʻnlab odamlarning oʻlimi va jarohatlanishiga sabab boʻlgan teraktni
keskin qoralaymiz”, — deyiladi HAMASning ijtimoiy tarmoqlarda eʻʻlon qilingan