Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 168 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Xon Yunis va Nuseyrat lageriga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 7 ta ommaviy qotillik sodir etdi. 65 kishi shahid boʻldi, 92 kishi jarohat oldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar falastinliklarni oʻldirish va hibsga olish uchun reydlar uyushtirmoqda. Qarshilik kuchlari Ramallah, Tubas va Jenin shaharlarida bosqinchilar bilan jangga kirib, harbiy texnikani portlatib yubordi. Ikki falastinlik, jumladan, Jenin batalʻoni qoʻmondoni shahid boʻldi.

▪️ Izzaddin al-Qassam brigadalari: Shifa kasalxonasi yaqinida bosqinchi snayperni yoʻq qilishga muvaffaq boʻldik, jangchilarimiz Xon Yunisdagi ikkita sionist Merkav tankiga ham hujum qilishdi.

▪️ Bosqinchilar Shifa kasalxonasida 600 dan ortiq odamni hibsga olganini xabar qildi.

▪️ Yahudiylar taqiqlangan qurol ishlatishi natijasida chuqur kuyish jarohatini olgan toʻrt yoshli falastinlik qiz Saja Junayd davolanayotgan Al-Shifa kasalxonasida ikkinchi marta bosqinchilar hujumi natijasida jarohat oldi. Uning otasi nisbatan xavfsizroq boʻlgan Dayr al-Balahdagi “Al-Aqso shahidlari” kasalxonasiga olib ketdi.

▪️ Kelgindi yahudiylar ishgʻol ostidagi Nablusdagi falastinliklarning uylariga qator hujumlar uyushtira boshladi.

▪️ Portugaliya TIV: YuNRVAga oziq-ovqat, dori-darmon va yordam berish uchun 10 million evro ajratamiz.

▪️ Livan Hizbullohi: Ishgʻol ostidagi Ramot Naftali qishlogʻida bosqinchi askarlar foydalanayotgan ikkita binoga zarba berdik.

▪️ Bosqinchi OAV: Gʻarbiy Sohil janubida koʻchmanchilar ketayotgan avtobus yonida qoʻlbola bomba portladi. Uch muhojir yaralangan.

▪️ Ijtimoiy tarmoqlarda Isroilning sobiq mudofaa vaziri Benni Gants va TsAXALning arab ommaviy axborot vositalari uchun vakili Avixay Adrai Negev choʻlidagi badaviylar oʻrtasidagi jamoaviy iftorda qatnashgan video tarqalmoqda. Taomga Isroil armiyasi zobitlari va videoda paydo boʻlgan Knesset vakillari ham taklif qilingan. Iftorlikni Al-Zayyadniylar oilasi vakillari uyushtirgan.

▪️ AQSh davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri – Azon Global) Yaqin Sharq safari doirasida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvlarida AQShning “Isroil uchun xavfsizlik kafolatlari boʻlgan boʻlajak Falastin davlatini yaratish orqali Gʻazodagi mojaro koʻlamini kamaytirish” maqsadini yana bir bor taʻʻkidladi”.

Mavzuga aloqador