Bombalanayotgan Gʻazo: 165-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 165 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Rafah, Gʻazo markazi va Jabaliyaga zarbalar berdi. Kun
davomida 8 ta ommaviy qotillik sodir boʻldi, buning natijasida 81 kishi shahid
boʻldi, 116 kishi yaralandi.
▪️ 2023 yil 7
oktyabrdan beri Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari natijasida
halok boʻlgan falastinliklar soni 31,7 ming kishidan oshdi, eksklavning
73,7 mingdan ortiq aholisi jarohat oldi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Qalqilya, Ramallah, Hebron va Balata lagerida
falastinliklarni qoʻlga olish uchun reydlar uyushtirdi. Qarshilik kuchlari ham bosqinchilarga qarshi kurashdi.
▪️ Bosqinchi
OAV maʻʻlumotlariga koʻra, kecha Shifa kasalxonasiga uyushtirilgan hujum chogʻida
bosqinchilar 20 falastinlikni oʻldirgan, 200 dan ortiq koʻchirilganlar,
jurnalistlar va shifokorlarni hibsga olgan.
▪️ Shifada
hibsga olinib, soʻngra qoʻyib
yuborilgan Al-Jazira telekanali muxbiri Ismoil al-Gulning soʻzlariga koʻra,
ular 12 soat koʻchada yalangʻoch,
qoʻl va koʻzlari bogʻlangan holatda ushlab turilgan.
▪️ Isroil
Xalqaro suddan Gʻazoga insonparvarlik yordamini koʻpaytirish uchun favqulodda buyruq
bermaslikni soʻradi.
▪️ BMT bosh
kotibi: Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvimni takrorlayman. Sektorning
shimoliy qismida yaqinlashib kelayotgan ocharchilik butunlay texnogen falokatdir.
▪️ Bugun tunda
bosqinchilar Damashq yaqinida zarbalar berdi, biroq Rossiya havo mudofaasi
raketalarni urib tushirgan.
▪️ Gʻazoda
urush boshlanganidan buyon AQShdan Isroilga 300 ta samolyot va 50 ta kemada 35 ming
tonnadan ortiq oʻq-dori keltirildi.
▪️ Qatarda
Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegatsiyalari oʻrtasida asirlarni almashish
boʻyicha kelishuvga erishishga qaratilgan muzokaralar rasman boshlandi. Muzokaralar
taxminan ikki hafta davom etishi mumkin. Taʻʻkidlanishicha, HAMAS tomonidan qaror
Qatardagi vakillar emas, balki Gʻazoda turgan harakat etakchisi Yahyo Sinvar
tomonidan qabul qilinadi.