Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 162 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageriga hujum uyushtirib, asosan ayollar va bolalardan iborat 36 kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. Rafah va Rimal mintaqasiga ham hujumlar uyushtirildi. Kun davomida 149 kishi shahid boʻldi, 300 kishi jarohat oldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Xevron, Tulkarm, Qalqilya va Nablusga bostirib kirdi. Oʻgʻirlab ketilgan falastinliklar haqida xabarlar bor.

▪️ HAMAS jangarilari Hamad shahri hududida bosqinchilar guruhiga hujum qildi.

▪️ Livan Hizbullohi bosqinchilarning «Zarita» kazarmalari va Livan bilan chegaradagi “Hadab Yarin” ishgʻol inshootiga aniq zarbalar berdi.

▪️ Husiylar Marshall orollari bayrogʻi ostida suzayotgan Amerika kemasiga hujum qilishdi.

▪️ Avstraliya, Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya va Kanada YuNRVAni moliyalashtirishni tikladi.

▪️ Bosqinchi Netanyaxu 1,5 mln koʻchirilgan falastinlik joylashgan Rafahga quruqlikdan bostirib kirish rejasini tasdiqladi.

▪️ Nikaragua Isroilning Gʻazodagi harakatlariga siyosiy, moliyaviy va harbiy yordam koʻrsatish orqali “Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlagani” uchun Germaniyaga qarshi Xalqaro Sudga ish ochdi. Nikaraguaning Germaniyaga qarshi daʻʻvosi boʻyicha tinglovlar 8-9 aprelʻ kunlari boʻlib oʻtadi.

Mavzuga aloqador