Bombalanayotgan Gʻazo: 155-kunning asosiy yangiliklari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 155 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Isroil
Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 155 kun boʻldi. 24 soat davomida
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida
sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar
Xon Yunis, Rafah, Dayr al-Balah va Gʻazo markaziga hujum qildi.
▪️ Kun
davomida 78 kishi hayotdan koʻz yumdi, 104 kishi jarohatlandi.
▪️ 7 oktyabrdan
bunyo Isroil hujumlari natijasida jami boʻlib 30 810 kishi halok boʻldi.
▪️ Ochlikdan
halok boʻlgan gʻazoliklar soni 23 nafarga etdi. Kun davomida 3 bola ochlik qurboni
boʻldi.
▪️ Gʻarbiy
Sohildagi Nablus, Qalqilya va Tulkarmga bostirib kirgan bosqinchilarga qarshilik kuchlari tomonidan
javob qaytarildi. Harbiy jihozlar ishdan chiqarildi.
▪️ Iroq
qarshilik kuchlari Isroildagi
uchinchi yirik shahar hisoblangan Hayfadagi neftni qayta ishlash zavodlariga
uchuvchisiz uchuvchisiz samolyot yordamida hujum qildi.
▪️ Gʻazo
shahrida ishgʻolchilar insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga oʻq uzdi. 2 kishi halok
boʻldi, oʻnlab odamlar yaralandi.
▪️ Gʻazo
hukumati: Havodan tashlangan
insonparvarlik yuklari parashyutlari ochilmasligi sababli qutilar koʻmak kutayotgan
falastinliklar ustiga tushishi oqibatida 5 kishi hayotdan koʻz yumdi, bir necha fuqaro
jarohatlandi.
▪️ JSST
rahbari: 5 oylik doʻzax sharoitlari, 31 000 oʻlik, 72 000 yarador. Qachon etarli
boʻladi?
▪️
Pentagon: Gʻazoliklar uchun gumanitar yordam etkazish maqsadida AQSh tomonidan
vaqtinchalik port qurilishi 60 kunni olishi mumkin.
▪️
Husiylar Qizil dengiz va Adana koʻrfazida AQSh Harbiy dengiz kuchlarining bir
qancha esminetslariga qarshi 37 ta uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujum uyushtirilganini
maʻʻlmu qildi.