13.06.2024 11:21

Boliviya ruslarga halol lama goʻshtini etkazib berish taklifi bilan chiqdi


Avvalroq, Rosselʻxoznadzor Boliviya delegatsiyasi Lama goʻshtini Rossiyaga eksport qilishga qiziqish bildirayotgani va ishlab chiqaruvchi haqida maʻʻlumot  berishga tayyorligini bildirgandi. Mamlakat prezidenti Luis Arse Katakora ham Bolivia TV telekanaliga bergan intervʻyusida Rossiyaga quritilgan Lama goʻshti va boshqa mahsulotlarni eksport qilish taklif qilinganini tasdiqlagan.  

"Boliviya Rossiyaga kofe donalari, konservalangan ananas, banan, quritilgan lama goʻshti, shokolad va boshqa mahsulotlarni etkazib berishni taklif qildi", – degan Arse jurnalistlarga. 

Ekspertlarning fikricha, Rossiya bozorida lama goʻshti savdosining ortishi istiqbolli boʻlsa-da, ayni paytda uning narxi ham choʻntakbop boʻlishi kerak. 

Moskva muftiysi Ildar Alautdinov ham  "agar hayvonni soʻyish Islom yoki boshqa Ibrohim dinlari qonunlariga muvofiq amalga oshirilsa, musulmonlarga Lama goʻshtini isteʻʻmol qilishga ruxsat berilishi"ni maʻʻlum qildi. 

"Lamalar tuya oilasiga tegishli boʻlib, uning goʻshtini isteʻʻmol qilish mumkin", – deydi muftiy. 

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi vakilining qoʻshimcha qilishicha, federatsiyada bunday hayvonlar hali ham gʻayrioddiy yangilik boʻlib, lamalarning goʻshti fuqarolarga ekzotik kayfiyat bagʻishlaydi.

Maʻʻlumot uchun, Boliviya hukumati fuqarolarni koʻproq lama goʻshtini isteʻʻmol qilishga chaqiradi. Sogʻliqni saqlash vazirligi ham mol, qoʻy goʻshtiga muqobil sifatida isteʻʻmolchilarga taomlarda Markaziy And mintaqasida yashaydigan lama – sut emizuvchilar oilasiga mansub kichik tuyalar goʻshtidan foydalanishni tavsiya qilgan.

Xalqaro miqyosda ham soʻnggi 10 yil ichida lamalar koʻplab mashhur oshpazlar eʻʻtiboriga tushib ulgurgan. Bu mazkur mahsulot tarkibida koʻp miqdorda protein borligi va yogʻlilik darajasi kamligi bilan izohlanmoqda.

Mavzuga aloqador