31.07.2025 11:15
64
BMT Gʻarb chizgan chiziqda yuradi – “Tolibon”
Rasmiy Kobul Afgʻonistonning BMTdagi rasmiy oʻrni hanuz tan olinmayotganini keskin tanqid qildi.
Hukumat soʻzchisi Zabihulloh Mujohidning soʻzlariga koʻra, BMT endilikda oʻzining betarafligi va mustaqilligini yoʻqotgan.
"BMT betaraf muassasa boʻlib qolishi kerak edi. Biroq hozirda u Gʻarbning siyosiy koʻrsatmalari taъsirida faoliyat yuritmoqda. U oʻz samaradorligi va mustaqilligini yoʻqotgan", degan u.
Mujohidning fikricha, hozirda BMTda Afgʻoniston nomidan nutq soʻzlayotgan diplomat avvalgi hukumat davrida tayinlangan.
U qanday tamoyillar va qoidalarga asoslanib ish olib bormoqda? Uning ichki qonuniyligi yoʻq va u Afgʻoniston xalqini ifoda etmaydi, degan afgʻon rasmiysi.
Maъlumot uchun, “Tolibon” 2021 yil avgust oyida hokimiyatni qoʻlga kiritganidan beri xalqaro eъtirofni talab qilib kelmoqda. Jumladan, Afgʻonistoning BMTdagi oʻrnini “Tolibon” tomonidan tayinlangan elchiga topshirish chaqirigʻi yangrab keladi.