BMT Afgʻonistonda internet oʻchirilishini qoraladi
Birlashgan millatlar tashkiloti oʻz bayonotida "afgʻon hukumatining butun mamlakat boʻylab internetni oʻchirish qarori mintaqadagi gumanitar vaziyatga salbiy taъsir qilgani"ni maъlum qildi. Tashkilotga koʻra, mamlakatning jahon axborot tarmogʻidan uzilishi yaqinda roʻy bergan kuchli zilziladan jabrlangan va taxminan ikki ming kishi halok boʻlgan chekka hudud aholisiga gumanitar yordam koʻrsatishni qiyinlashtirmoqda.
Shuningdek, BMT gumanitar tashkilotlar xodimlari bilan aloqani yoʻqotganini bildirgan. Sogʻliqni saqlash dasturlari, jumladan emlash jarayoni, bank va moliyaviy xizmatlar koʻrsatilishi ham izdan chiqdi, deyiladi bayonotda. Oddiy aholi esa pul oʻtkazmalarini amalga oshirolmayapti.
Tashkilotning qoʻshimcha qilganidek, Kobulning harakatlari aviaqatnovlar bekor qilinishiga ham olib kelgan.