26.09.2025 10:15
145

Bir million suriyalik qochqin oʻz vataniga qaytdi


BMTning Qochqinlar boʻyicha agentligining maъlum qilishicha, Bashar Asad rejimi agʻdarilganidan keyin xorijdan bir million suriyalik qochqin oʻz vataniga qaytgan. Agentlik shu munosabat bilan oʻz yurtiga qaytayotganlarga yordam koʻrsatish uchun mablagʻlarni koʻpaytirishga chaqirgan.

Bundan tashqari agentlik soʻnggi toʻqqiz oy ichida qariyb 14 yil davom etgan fuqarolik urushi sababli mamlakat ichida koʻchirilgan yana 1,8 million kishi oʻz shahar va qishloqlariga qaytganini maъlum qilgan.

Shunga qaramay, qaytib kelayotganlar «katta qiyinchiliklar»ga duch kelmoqda, deyiladi xabarda. Chunki ularning bir paytlari tashlab ketgan uy-joylari xarob ahvolda, kommunal xizmatlar tizimi yoʻq, ish oʻrinlari mavjud emas, xavfsizlik vaziyati esa beqarorligicha qolmoqda.

Agentlik mavjud maъlumotlarga tayanib kelgusi bir yil ichida qochqinlarning 80 foizi uyiga qaytishidan umid qilmoqda.

Mavzuga aloqador