26.05.2025 14:33
121

Bashar Asad boshqaruvida millionlab suriyalik kuzatuvda boʻlgan



Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar taxminan sakkiz million kishini kuzatgan, qidirgan yoki ular haqida maъlumot toʻplagan.

DW nashrining yozishicha, bu Suriya xalqining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi. 

Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga koʻra, maxsus xizmatlar va boshqa idoralar ularning har biri haqida maъlumot toʻplagan.

Jumladan, sakkiz milliondan ortiq odam siyosiy sabablarga koʻra maxsus xizmatlar eъtiboriga tushgan. Bu asosan norozilik namoyishlari ishtirokchilari va rejim muxoliflariga taalluqli hisoblanadi. Ular koʻpincha “terrorizm”da ayblangan, hibsga olingan, qamoqqa tashlangan yoki kuzatuv ostiga olingan.

Suriya hukumati vakili taъkidlashicha, koʻpchilik odamlar maxsus xizmatlar nazoratiga tushganini faqat nazorat-oʻtkazish punktlarida toʻxtatilganda yoki mamlakatdan chiqib ketishga uringanda bilgan.

Mavzuga aloqador